2026-yil 1/4 final olimpiadasi (ICPC Uzbekistan Regional 2026)
Boshlanishi: 09.11.2026 18:00
ICPC Uzbekistan Regional Contest 2026 (Toshkent, 2026-yil 8-noyabr) masalalari: 13 ta masala (A–M). Shartlar o'zbek tilida. M masala interaktiv, E masala ikki bosqichli (dasturingiz har testda ikki marta ishga tushadi).
Qoidalar. Natija ICPC tartibida hisoblanadi: avval yechilgan masalalar soni, tenglikda — jarima vaqti kam bo'lgan ishtirokchi yuqorida. Har bir rad etilgan urinish uchun 20 daqiqa jarima; kompilyatsiya xatosi jarima emas.
Interaktiv masalalar. Har bir chiqarilgan qatordan keyin chiqish buferini tozalang (flush), aks holda dastur javob kutib qotib qoladi.