Eng katta farq

Masala #189 · murakkablik 17% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Savdogar bitta molni bir kuni sotib olib, keyinroq — boshqa kuni sotmoqchi. Unga oldindan ma'lum bo'lgan kunlik narxlar ro'yxati bor. U molni faqat bir marta sotib oladi va faqat bir marta sotadi; sotish kuni sotib olish kunidan keyin bo'lishi shart.

Narxlar kunlar tartibida berilgan. Savdogar eng ko'pi bilan qancha foyda qilishi mumkinligini aniqlang. Foyda qilishning iloji bo'lmasa, u savdo qilmaydi va foydasi 0 bo'ladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N — kunlar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — narxlar.

Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 105; har bir son moduli 109 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — eng katta foydani chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.