Oy kunlari
Masala #172 · murakkablik 13% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Taqvim tuzadigan dastur har bir oy uchun unda necha kun borligini bilishi kerak. Yanvar, mart, may, iyul, avgust, oktabr va dekabr 31 kundan iborat; aprel, iyun, sentabr va noyabr — 30 kundan. Fevralda odatda 28 kun, kabisa yilida esa 29 kun bo'ladi.
Kabisa yili shunday aniqlanadi: yil raqami 4 ga bo'linsa, u kabisa yili; biroq 100 ga bo'linadigan yillar orasidan faqat 400 ga bo'linadiganlarigina kabisa hisoblanadi. Masalan, 2024 va 2000 — kabisa yillari, 1900 va 2023 esa yo'q.
Oy raqami va yil berilgan. Shu oyda necha kun borligini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son: oy raqami M va yil Y.
Chegaralar: 1 ≤ M ≤ 12, 1 ≤ Y ≤ 3000
Chiquvchi ma'lumotlar
Shu oyda necha kun borligini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.