Moliyaviy Balans

Masala #3 · murakkablik 1% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Savdo kompaniyasining ikkita bo'limi bor: chakana savdo bo'limi do'konlar orqali, ulgurji savdo bo'limi esa omborlar orqali ishlaydi. Har kuni ish tugagach, ikkala bo'lim o'zining kunlik tushumini hisob tizimiga kiritadi.

Bosh hisobchi rahbariyatga har kuni bitta raqam — kompaniyaning shu kungi umumiy tushumini yetkazishi kerak.

Ikkala bo'limning tushumi berilgan. Kompaniyaning umumiy kunlik tushumini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son A va B — chakana va ulgurji bo'lim tushumlari.

Chegaralar: 0 ≤ A, B ≤ 109

Chiquvchi ma'lumotlar

Kompaniyaning umumiy kunlik tushumini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.