Kumush Medal
Masala #72 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Musobaqa yakunlandi. Eng yuqori ball to'plagan sportchilar oltin medal oladi; ular bir nechta bo'lishi mumkin. Kumush medal esa oltindan keyingi eng yuqori natija uchun beriladi — ya'ni oltin medal balidan kichik bo'lgan ballarning eng kattasi uchun.
Barcha ishtirokchilarning ballari berilgan. Kumush medal qaysi ball uchun berilishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — ishtirokchilar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — ballar.
Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 104; har bir ball 1 dan 109 gacha; ballar orasida kamida ikkita har xil qiymat bor.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — kumush medal beriladigan ballni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.