Arxitektura Loyihasi
Masala #4 · murakkablik 1% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Yangi turar joy binosi uchun poydevor chuquri qazildi. Chuqur to'g'ri burchakli parallelepiped shaklida; quruvchilar uning uzunligi, eni va chuqurligini o'lchab, loyiha daftariga yozib qo'yishdi.
Endi chuqur og'zigacha beton bilan to'ldiriladi. Beton zavodiga buyurtma kubometrlarda beriladi, shuning uchun prorabga chuqurning aniq hajmi kerak.
Chuqurning uchta o'lchami berilgan. Uni to'liq to'ldirish uchun necha kubometr beton kerakligini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta butun son a, b, c — chuqurning uzunligi, eni va chuqurligi (metrda).
Chegaralar: 1 ≤ a, b, c ≤ 1000
Chiquvchi ma'lumotlar
Necha kubometr beton buyurtma qilish kerakligini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.