Birinchi takrorlanmagan belgi

Masala #206 · murakkablik 18% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Viktorinada ishtirokchilarga harflar qatori ko'rsatiladi. G'olib bo'lish uchun qatorda faqat bir marta uchraydigan harflarning eng chapdagisini birinchi bo'lib aytish kerak.

Harflar qatori berilgan. Shunday harfni va uning qatordagi o'rnini toping. Harflar 1 dan boshlab raqamlanadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda satr S — faqat kichik lotin harflaridan iborat.

Chegaralar: 1 ≤ |S| ≤ 105

Chiquvchi ma'lumotlar

Harfning o'rnini va harfning o'zini probel bilan ajratib chiqaring. Bir marta uchraydigan harf bo'lmasa, -1 chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.