Yig'indi chegarasi

Masala #182 · murakkablik 17% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Madina har kuni jamg'arma qutisiga tanga tashlaydi: birinchi kuni 1 ta, ikkinchi kuni 2 ta, uchinchi kuni 3 ta va hokazo — har kuni kechagidan bitta ko'p.

U qutida kamida S ta tanga yig'ilganda uni ochib, velosiped sotib olmoqchi. Masalan, S = 10 bo'lsa, to'rtinchi kuni qutida 1 + 2 + 3 + 4 = 10 ta tanga bo'ladi va shu kuni quti ochiladi.

S soni berilgan. Qutidagi tangalar soni birinchi marta S dan kam bo'lmaydigan kunning tartib raqamini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son S.

Chegaralar: 1 ≤ S ≤ 1012

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — kunning tartib raqamini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.