Shokolad Qadoqlash

Masala #28 · murakkablik 4% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qandolat fabrikasida konveyerdan chiqqan konfetlar karobkalarga joylanadi. Barcha karobkalar bir xil va har biriga bir xil sonda konfet sig'adi.

Do'konlarga faqat to'la karobkalar jo'natiladi. Kun oxirida to'lmay qolgan karobka omborda qoladi va keyingi partiyani kutadi.

Bugun ishlab chiqarilgan konfetlar soni va bitta karobkaning sig'imi berilgan. Bugun do'konlarga nechta karobka jo'natilishini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son K va S — bugun chiqarilgan konfetlar soni va bitta karobka sig'imi.

Chegaralar: 1 ≤ K, S ≤ 109

Chiquvchi ma'lumotlar

Bugun do'konga nechta karobka jo'natilishini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.