Yomg'ir suvi

Masala #249 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Eski shahar ko'chasining ko'ndalang kesimi N ta yonma-yon turgan ustundan iborat: har bir ustunning eni 1 ga teng, balandligi esa ma'lum. Balandligi 0 bo'lgan ustun — tekis yer.

Kuchli jala paytida ustunlar orasidagi chuqurliklarda suv to'planadi. Suv ikki tomondan balandroq ustunlar bilan to'silgan joydagina turib qoladi; kesimning chap va o'ng chetidan esa oqib ketadi.

Ustunlarning balandliklari berilgan. Jaladan keyin kesimda jami qancha suv turib qolishini aniqlang. Eni 1, balandligi 1 bo'lgan katak bir birlik suv sig'diradi.

Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N — ustunlar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — ustunlarning balandliklari, chapdan o'ngga.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; har bir balandlik 0 dan 104 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — turib qoladigan suv hajmini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.