Mukammal Son

Masala #62 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qadimgi yunon matematiklari sonlarning bo'luvchilarini o'rganib, ajoyib xossaga ega sonlarni topishgan. Agar son o'zidan kichik barcha natural bo'luvchilarining yig'indisiga teng bo'lsa, uni «mukammal» deb atashgan.

Masalan, 6 = 1 + 2 + 3 va 28 = 1 + 2 + 4 + 7 + 14 — mukammal sonlar. 10 esa mukammal emas: uning o'zidan kichik bo'luvchilari yig'indisi 1 + 2 + 5 = 8.

N soni berilgan. U mukammal son ekanini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N.

Chegaralar: 2 ≤ N ≤ 106

Chiquvchi ma'lumotlar

N mukammal bo'lsa Perfect, aks holda Normal deb chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.