Kaprekar soni
Masala #187 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Hind matematigi Kaprekar to'rt xonali sonlar ustida qiziq amal o'ylab topgan. Sonning raqamlaridan tuzish mumkin bo'lgan eng katta va eng kichik to'rt xonali son tuziladi (kerak bo'lsa oldiga nol qo'yiladi) va kattasidan kichigi ayiriladi. Hosil bo'lgan son bilan amal takrorlanadi. Barcha raqamlari bir xil bo'lmagan har qanday son bir necha qadamdan keyin 6174 ga keladi.
To'rt xonali son berilgan. U 6174 ga yetguncha amal necha marta bajarilishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son N.
Chegaralar: 1000 ≤ N ≤ 9999; N ning raqamlari hammasi bir xil emas.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — qadamlar sonini chiqaring.
Izoh. Masalan, 3524 uchun: 5432 − 2345 = 3087, 8730 − 0378 = 8352, 8532 − 2358 = 6174 — uch qadam.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.