Graf bog'langanmi?

Masala #385 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta tugun va m ta qirradan iborat yo'naltirilmagan graf berilgan. Graf bog'langanmi — ya'ni ixtiyoriy ikkita tugun orasida yo'l mavjudmi?

Aniqlashtirish: bitta tugunli graf (n = 1) doim bog'langan. Javob YES yoki NO ko'rinishida chiqariladi.

Misol: kirish 4 3 ⏎ 1 2 ⏎ 2 3 ⏎ 3 4 bo'lganda natija YES bo'ladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n ≤ 5000, 0 ≤ m ≤ 20000). Keyingi m qatorda u v.

Chiquvchi ma'lumotlar

YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.