Shokoladni Sindirish

Masala #34 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Jahongirga tug'ilgan kunida N × M katakli to'g'ri to'rtburchak shaklidagi katta shokolad sovg'a qilishdi. U shokoladni do'stlariga ulashish uchun alohida kataklarga ajratmoqchi.

Bir harakatda Jahongir bitta bo'lakni oladi va uni kataklar orasidagi to'g'ri chiziq bo'ylab sindirib, ikki bo'lakka ajratadi. Bir nechta bo'lakni ustma-ust qo'yib, birdaniga sindirish mumkin emas.

Shokoladning o'lchamlari berilgan. Uni to'liq alohida kataklarga ajratish uchun nechta harakat kerakligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son N va M — shokoladning o'lchamlari.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 105

Chiquvchi ma'lumotlar

Shokoladni to'liq 1×1 kataklarga ajratish uchun nechta harakat kerakligini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.