Kassa Cheki
Masala #6 · murakkablik 1% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Xaridorlar chekdagi yakuniy summa qayerdan kelib chiqqanini ko'pincha tushunmaydi. Shuning uchun yangi qoidaga ko'ra chekda hisob ochiq yoziladi: mahsulotning narxi, unga qo'shilgan soliq va xaridor to'laydigan summa bitta tenglik ko'rinishida turadi.
Masalan, narx 1200 so'm, soliq 150 so'm bo'lsa, chekda 1200 + 150 = 1350 deb yoziladi.
Mahsulot narxi va soliq miqdori berilgan. Chekka yoziladigan tenglikni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son A va B — mahsulot narxi va soliq miqdori.
Chegaralar: 0 ≤ A, B ≤ 100 000
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda tenglikni chiqaring. Sonlar va belgilar orasidagi probellar yuqoridagi misoldagidek bo'lsin.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.