Parol Ishonchliligi

Masala #43 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kompaniyaning xavfsizlik bo'limi xodimlar paroliga ikkita talab qo'ydi: parol kamida 8 ta belgidan iborat bo'lishi va uning ichida birorta ham bo'sh joy (probel) bo'lmasligi kerak. Ikkala talabga javob beradigan parol ishonchli, aks holda zaif hisoblanadi.

Xodim kiritgan parol berilgan. U ishonchli yoki zaif ekanini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda parol — uzunligi 1 dan 100 gacha bo'lgan satr. Parol ichida probellar uchrashi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Parol ishonchli bo'lsa Strong, aks holda Weak deb chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.