Farzinlar va birinchi qator

Masala #424 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 3.0 s · xotira 256 MB

Shaxmatda farzin gorizontal, vertikal va diagonal bo'ylab istalgan masofaga yuradi. N × N taxtaga N ta farzinni bir-birini urmaydigan qilib qo'yish — mashhur boshqotirma.

Boshqotirma muallifi vazifani qiyinlashtirdi: birinchi qatordagi farzin allaqachon qo'yilgan — u C-ustunda turibdi. Qolgan farzinlarni joylashtirib, boshqotirmani necha xil usulda yakunlash mumkinligini aniqlang. Har bir qatorda roppa-rosa bitta farzin turishi kerak.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son N va C.

Chegaralar: 1 ≤ C ≤ N ≤ 10

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — joylashtirish usullari sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.