Parolni Topish
Masala #59 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Omborxona eshigidagi elektron qulfning kodi — 1234. Yangi qorovul kodni unutib qo'ydi va turli kodlarni birin-ketin terib ko'rmoqda.
Qulf har bir urinishga javob qaytaradi: noto'g'ri kod terilsa, ekranga Wrong deb yozadi; to'g'ri kod terilganda esa Correct deb yozadi va eshik ochiladi. Eshik ochilgach, qorovul boshqa kod termaydi.
Qorovul tergan kodlar tartib bilan berilgan. Har bir urinishdan keyin qulf ekraniga nima yozilishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Har bir qatorda bittadan terilgan kod (to'rtta raqam). Oxirgi qatordagi kod — 1234; undan oldin bu kod uchramaydi.
Chegaralar: qatorlar soni 100 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har bir urinish uchun qulf ekraniga chiqadigan yozuvni alohida qatorda chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.