Teng yig'indili bo'lish (partition)

Masala #341 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Musbat butun sonlardan iborat massiv berilgan. Uni ikkita qismga shunday ajratish mumkinmi-ki, qismlardagi sonlar yig'indisi teng bo'lsin? Har bir element faqat bitta qismga tushadi.

Javob sifatida YES yoki NO chiqaring.

Aniqlashtirish: umumiy yig'indi toq bo'lsa, javob darhol NO. Qismlar bo'sh bo'lishi mumkin emas — lekin yig'indi teng bo'lsa, ikkalasi ham bo'sh bo'lmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N. Ikkinchi qatorda N ta musbat butun son (1 ≤ ai ≤ 200).

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 100.

Chiquvchi ma'lumotlar

YES yoki NO.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.