Massivni aylantirish

Masala #188 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Karuseldagi o'rindiqlar aylana bo'ylab joylashgan, har birida bittadan bola o'tiribdi. Karusel bir qadam burilganda har bir bola keyingi o'rindiq joyiga o'tadi, oxirgi joydagi bola esa birinchi joyga keladi. Karusel K qadam burildi — K juda katta bo'lishi mumkin.

Bolalarning raqamlari dastlabki joylashuv tartibida berilgan. Burilishdan keyingi joylashuvni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son N va K. Ikkinchi qatorda N ta butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105, 0 ≤ K ≤ 109

Chiquvchi ma'lumotlar

Yangi joylashuvni bitta qatorda probel bilan ajratib chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.