Galaktikalararo Yoqilg'i

Masala #15 · murakkablik 4% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Uzoq parvozga chiqqan kosmik kema yo'lda ikkita stansiyadan yoqilg'i oladi: biri Oyda, ikkinchisi Mars orbitasida. Har bir stansiya qancha litr yoqilg'i quyganini kemaning bort kompyuteriga xabar qiladi.

Miqdorlar ulkan — trillionlab litr. Navigatsiya tizimi kemada jami qancha yoqilg'i borligini oxirgi litrigacha aniq bilishi kerak: bitta raqam xato bo'lsa ham parvoz hisobi buziladi.

Ikki stansiyadan olingan yoqilg'i miqdorlari berilgan. Kemadagi jami yoqilg'ini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikkita butun son A va B — stansiyalardan olingan yoqilg'i (litrda).

Chegaralar: 1012 ≤ A, B ≤ 1018

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta son — jami yoqilg'i miqdorini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.