Eng Ko'p Uchraydigan Element

Masala #115 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

So'rovnomada har bir ishtirokchi o'ziga yoqqan variantning raqamini belgiladi. Javoblar anketalar varaqlangan tartibda jadvalga ko'chirildi. Tashkilotchilarni g'olib — eng ko'p marta belgilangan variant qiziqtiradi.

Javoblar jadvali berilgan. Unda eng ko'p uchraydigan sonni toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100; har bir son 0 dan 104 gacha. Eng ko'p uchraydigan son yagona ekani kafolatlanadi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — jadvalda eng ko'p uchraydigan sonni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.