Teskari Son

Masala #31 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Muhandis Komil ombor eshigi uchun oddiy shifrlash usulini o'ylab topdi. Eshikning asl kodi uch xonali son, qog'ozga esa uning shifrlangan ko'rinishi yoziladi: kodning raqamlari teskari tartibda yozib chiqiladi. Masalan, 456 kodi qog'ozda 654 bo'lib turadi.

Komil usulni sinab ko'rish uchun kichik dastur yozmoqchi.

Uch xonali kod berilgan. Uning shifrlangan ko'rinishini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta uch xonali butun son N.

Chegaralar: 100 < N ≤ 999; N ning birinchi va oxirgi raqami nol emas.

Chiquvchi ma'lumotlar

Shifrlangan kodni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.