Kvadratlar yig'indisi (minimal soni)

Masala #334 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Berilgan N sonini mukammal kvadratlar (1, 4, 9, 16, …) yig'indisi sifatida yozing. Har bir kvadrat bir necha marta ishlatilishi mumkin.

Buning uchun zarur bo'lgan eng kam kvadrat sonini toping.

Aniqlashtirish: N ning o'zi kvadrat bo'lsa, javob 1. Lagranj teoremasiga ko'ra javob doimo 1 dan 4 gacha bo'ladi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N (1 ≤ N ≤ 105).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — eng kam kvadrat soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.