Juft va Toq
Masala #37 · murakkablik 3% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Televizion o'yinning saralash bosqichida har bir ishtirokchiga tartib raqami beriladi. Studiya ikki xonaga bo'lingan va ishtirokchilar raqamiga qarab taqsimlanadi.
Qoida oddiy: juft raqam olgan ishtirokchi chap xonaga, toq raqam olgan ishtirokchi o'ng xonaga yuboriladi.
Ishtirokchining raqami berilgan. U qaysi xonaga yuborilishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda bitta butun son N — ishtirokchining raqami.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 109
Chiquvchi ma'lumotlar
Ishtirokchi chap xonaga yuborilsa Chap, o'ng xonaga yuborilsa Ong deb chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.