Tejamkor Chekist
Masala #32 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Karim aka shirinlikni yaxshi ko'radi va juda tejamkor. Uning N ta konfeti bor. Konfetni yegach, u qog'oz o'ramini tashlab yubormaydi, chunki mahalladagi do'kon aksiya o'tkazmoqda: har K ta o'ram evaziga bitta yangi konfet beriladi.
Aksiyadan olingan konfetning ham o'rami bor — u ham keyingi almashtirishlarda ishlatiladi. Karim aka qo'lida almashtirishga yetadigan o'ram qolmaguncha shu tarzda davom etadi.
N va K berilgan. Karim aka jami nechta konfet yeyishini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda ikkita butun son N va K.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 1000, 2 ≤ K ≤ 50
Chiquvchi ma'lumotlar
Karim aka jami nechta konfet yeyishini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.