Eng uzoq manzil
Masala #441 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Orollar davlatida n ta orol n − 1 ta ko'prik bilan bog'langan: istalgan ikki orol orasida roppa-rosa bitta yo'l bor. Ikki orol orasidagi masofa — shu yo'ldagi ko'priklar soni.
Har bir orolda pochta bo'limi ochilmoqda. Har bir orol uchun undan eng uzoqda joylashgan orolgacha bo'lgan masofani aniqlang — pochtachi eng yomon holatda shuncha ko'prikdan o'tadi.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son n — orollar soni. Keyingi n − 1 ta qatorning har birida ikkita butun son u va v — o'zaro bog'langan ikki tugunning raqamlari. Bog'lanishlar daraxt hosil qilishi kafolatlanadi: istalgan ikki tugun orasida roppa-rosa bitta yo'l bor.
Chegaralar: 1 ≤ n ≤ 2·105
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son chiqaring: i-son — i-oroldan eng uzoqdagi orolgacha masofa.
Izoh
Namunada 1-oroldan eng uzoqdagilar — 4- va 5-orollar (masofa 3). 3-orol «markazda»: undan eng uzoq 1-orolgacha atigi 2 ta ko'prik.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.