Signal Minoralari

Masala #137 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Aloqa kompaniyasi to'g'ri yo'l bo'ylab joylashgan N ta shaharchaga xizmat ko'rsatadi; har bir shaharchaning yo'l boshidan hisoblangan koordinatasi ma'lum. Kompaniya K ta signal minorasi qurmoqchi. Minora faqat shaharchada quriladi, bitta shaharchaga ko'pi bilan bitta minora.

Yonma-yon turgan minoralar bir-biriga xalaqit beradi, shuning uchun muhandislar eng yaqin ikki minora orasidagi masofa iloji boricha katta bo'lishini istaydi.

Shaharchalarning koordinatalari va K berilgan. Minoralarni eng yaxshi joylashtirganda eng yaqin ikki minora orasidagi masofa qancha bo'lishini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda ikkita butun son N va K. Ikkinchi qatorda N ta butun son — shaharchalarning koordinatalari, kamaymaydigan tartibda.

Chegaralar: 2 ≤ K ≤ N ≤ 105; koordinatalar 0 dan 109 gacha; ayrim shaharchalarning koordinatalari bir xil bo'lishi mumkin.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — eng yaqin ikki minora orasidagi masofaning eng katta mumkin bo'lgan qiymatini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.