Konfet taqsimoti
Masala #259 · murakkablik 16% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tarbiyachi S ta konfetni N nafar bolaga tarqatmoqchi. Hech kim quruq qolmasligi kerak — har bir bola kamida bitta konfet oladi. Shu bilan birga, bitta bolaga K tadan ortiq konfet berish mumkin emas. Barcha konfetlar tarqatilishi shart.
Bu masalada javob yagona emas: shartlarni qanoatlantiradigan istalgan taqsimot qabul qilinadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta butun son N, S, K.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105, 1 ≤ S ≤ 1014, 1 ≤ K ≤ 109
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda N ta butun son chiqaring — har bir bola oladigan konfetlar soni. Talablarni bajarib taqsimlashning iloji bo'lmasa, -1 chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.