Qatorlarni Almashtirish
Masala #114 · murakkablik 5% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Mehmonxona boshqaruvchisi xonalar jadvalini yuritadi: har bir qator — bitta qavat, undagi sonlar — shu qavatdagi xonalar holati. Ta'mirlash rejasi o'zgardi va ikki qavatning ma'lumotlari jadvalda o'rin almashishi kerak; qolgan qavatlar joyida qoladi.
Jadval va ikkita qator raqami berilgan. Shu ikki qatorni o'zaro almashtirib, jadvalni chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son. Oxirgi qatorda ikkita butun son K va L — almashtiriladigan qatorlarning raqamlari (1 dan boshlab).
Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100; 1 ≤ K, L ≤ N
Chiquvchi ma'lumotlar
O'zgargan jadvalni N ta qatorda chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.