O'yin Mexanikasi

Masala #20 · murakkablik 3% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

O'yin dvigatelidagi datchik personaj hozir sakray olishi yoki olmasligini son bilan bildiradi: sakrash mumkin bo'lsa 1, mumkin bo'lmasa 0. O'yin interfeysi esa bunday qiymatlarni so'z bilan ko'rsatadi: rost qiymat — true, yolg'on qiymat — false.

Datchik yuborgan son berilgan. Interfeysda ko'rinadigan so'zni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son — 0 yoki 1.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda true yoki false so'zini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.