Yaqin Dorixona

Masala #135 · murakkablik 6% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shaharning bosh ko'chasi to'g'ri chiziq bo'ylab cho'zilgan. Ko'chada N ta dorixona bor; har birining joyi ko'cha boshidan hisoblangan koordinata bilan berilgan. Dorixonalar ro'yxati koordinata kamaymaydigan tartibda tuzilgan; bitta binoda bir nechta dorixona bo'lishi mumkin.

Sardor X koordinatali nuqtada turibdi va o'ziga eng yaqin dorixonaga bormoqchi. Ikkita dorixona bir xil uzoqlikda bo'lsa, u koordinatasi kichigini tanlaydi.

Dorixonalarning koordinatalari va X berilgan. Sardor boradigan dorixonaning koordinatasini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N. Ikkinchi qatorda N ta butun son — dorixonalarning koordinatalari, kamaymaydigan tartibda. Uchinchi qatorda butun son X.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 106; barcha koordinatalar va X moduli 109 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — tanlangan dorixonaning koordinatasini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.