Anagramma
Masala #96 · murakkablik 8% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir so'zning harflarini qayta joylashtirib ikkinchi so'zni hosil qilish mumkin bo'lsa, bu ikki so'z anagramma deyiladi. Bunda har bir harf aynan necha marta uchragan bo'lsa, shuncha marta ishlatilishi kerak: «listen» va «silent» — anagramma, «apple» va «pale» — emas.
Ikkita so'z berilgan. Ular anagramma ekanini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda satr S1, ikkinchi qatorda satr S2 — ikkalasi ham kichik lotin harflaridan iborat.
Chegaralar: 1 ≤ |S1|, |S2| ≤ 105
Chiquvchi ma'lumotlar
So'zlar anagramma bo'lsa YES, aks holda NO deb chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.