0/1 ryukzak
Masala #338 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Sizda ko'tarish quvvati W bo'lgan ryukzak va N ta buyum bor. i-buyumning og'irligi wi, qiymati vi. Har bir buyumni to'liq olish yoki umuman olmaslik mumkin (bo'laklarga bo'lib bo'lmaydi).
Umumiy og'irlik W dan oshmasligi shart. Yig'ilgan buyumlarning maksimal umumiy qiymatini toping.
Aniqlashtirish: buyum bitta nusxada. Barcha og'irliklar va qiymatlar musbat. Bir nechta optimal to'plam bo'lishi mumkin — qiymatning o'zi so'raladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va W. Keyingi N qatorda wi vi (1 ≤ wi ≤ W, 1 ≤ vi ≤ 1000).
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 200, 1 ≤ W ≤ 5000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — maksimal qiymat.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.