Eng uzun so'z

Masala #203 · murakkablik 13% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

So'z o'yinida ishtirokchi jumla aytadi va shu jumladagi eng uzun so'zi uchun ochko oladi. Eng uzun so'zlar bir nechta bo'lsa, ulardan jumlada birinchi kelgani hisobga olinadi.

Jumla berilgan. Ochko keltiradigan so'zni aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bittadan probel bilan ajratilgan so'zlar. Har bir so'z kichik lotin harflaridan iborat.

Chegaralar: so'zlar soni 1 dan 1000 gacha; har bir so'z uzunligi 1 dan 20 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta so'zni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.