Massivni siqish

Masala #191 · murakkablik 20% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Datchik har soniyada o'lchov yuboradi. Qiymat ko'pincha bir necha soniya o'zgarmay turadi, shuning uchun arxivga faqat o'zgarishlar yoziladi: ketma-ket kelgan bir xil qiymatlardan bittasi qoldiriladi. Qiymat keyinroq yana qaytsa, u yangi yozuv sifatida saqlanadi.

O'lchovlar ketma-ketligi berilgan. Arxivga yoziladigan ketma-ketlikni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N. Ikkinchi qatorda N ta butun son.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105

Chiquvchi ma'lumotlar

Arxivga yoziladigan qiymatlarni bitta qatorda probel bilan ajratib chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.