Eng uzun umumiy qismketma-ketlik (LCS)

Masala #340 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Ikkita satr berilgan. Umumiy qismketma-ketlik — ikkala satrdan ham (tartibni saqlagan holda, ba'zi belgilarni tashlab) olinadigan bir xil belgilar ketma-ketligi.

Ikkala satr uchun eng uzun umumiy qismketma-ketlikning uzunligini toping.

Aniqlashtirish: qismketma-ketlik uzluksiz bo'lishi shart emas — belgilarni tashlab ketish mumkin, lekin tartib saqlanadi. Satrlar kichik lotin harflaridan iborat.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda s, ikkinchi qatorda t satri.

Chegaralar: satrlar uzunligi 1 ≤ |s|, |t| ≤ 2000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — LCS uzunligi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.