Bolalar Maydoni

Masala #24 · murakkablik 2% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ko'p qavatli uy hovlisida bolalar maydonchasi qurilmoqda. Loyihaga ko'ra maydoncha kvadrat shaklida bo'ladi va uning butun yuzasi bolalar yiqilganda jarohat olmasligi uchun yumshoq rezina qoplama bilan yopiladi.

Qoplama kvadrat metrlab sotiladi: bir kvadrat metr maydonga roppa-rosa bir kvadrat metr qoplama ketadi.

Maydoncha tomonining uzunligi berilgan. Butun maydonchani yopish uchun necha kvadrat metr qoplama kerakligini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son A — maydoncha tomonining uzunligi (metrda).

Chegaralar: 1 ≤ A ≤ 104

Chiquvchi ma'lumotlar

Necha kvadrat metr qoplama kerakligini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.