Yashirin massivda qidiruv
Masala #222 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz kirish ma'lumotlarini birdaniga olmaydi, balki tekshiruvchi dastur bilan navbatma-navbat muloqot qiladi.
Seyfda N ta kartochka bir qator qilib terilgan; har birida butun son yozilgan va sonlar chapdan o'ngga kamaymaydigan tartibda joylashgan. Kartochkalar yopiq turibdi. Bitta so'rov bilan istalgan o'rindagi kartochkani ochib, undagi sonni bilib olish mumkin, ammo so'rovlar soni cheklangan.
Ko'pi bilan 45 ta so'rov yordamida X soni yozilgan kartochkaning o'rnini toping yoki bunday kartochka yo'qligini aniqlang. X bir nechta kartochkada yozilgan bo'lsa, ulardan istalganining o'rni qabul qilinadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Muloqot boshida tekshiruvchi bitta qatorda ikkita butun son N va X ni beradi.
So'rov yuborish uchun alohida qatorda ? i deb chiqaring (1 ≤ i ≤ N). Javob sifatida tekshiruvchi bitta qatorda i-o'rindagi kartochkadagi sonni beradi.
Har bir chiqarilgan qatordan keyin chiqarish buferini tozalashni unutmang.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; kartochkalardagi sonlar va X moduli 109 dan oshmaydi; so'rovlar soni 45 tadan oshmasligi kerak.
Chiquvchi ma'lumotlar
Javobni bilganingizda alohida qatorda ! p deb chiqaring va dasturni tugating: p — X yozilgan kartochkaning o'rni yoki bunday kartochka bo'lmasa -1. Yakuniy javob so'rov hisoblanmaydi.
Namuna (kartochkalarda 2 4 6 8 10 yozilgan):
tekshiruvchi: 5 6 dastur: ? 3 tekshiruvchi: 6 dastur: ! 3
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.