Xanoy minoralari
Masala #417 · murakkablik 24% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Rivoyatga ko'ra, bir ibodatxonada uchta olmos tayoqcha bor. Birinchisiga har xil o'lchamdagi oltin halqalar terilgan: eng kattasi pastda, har bir keyingisi o'zidan pastdagisidan kichik. Rohiblar butun minorani boshqa tayoqchaga ko'chirishi kerak.
Qoidalar qat'iy: bir harakatda faqat bitta halqa — biror tayoqchaning eng ustidagisi — olinadi va boshqa tayoqchaga qo'yiladi; katta halqani kichik halqa ustiga qo'yish mumkin emas.
Tayoqchalar 1, 2, 3 deb raqamlangan. N ta halqadan iborat minora A-tayoqchada turibdi; qolgan ikki tayoqcha bo'sh. Minorani B-tayoqchaga eng kam harakat bilan ko'chirish rejasini tuzing.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda uchta butun son N, A, B.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 15; 1 ≤ A, B ≤ 3; A ≠ B
Chiquvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda harakatlar soni K ni chiqaring. Keyingi K ta qatorning har birida ikkita son chiqaring: halqa qaysi tayoqchadan olingani va qaysi tayoqchaga qo'yilgani. Harakatlar bajarilish tartibida yozilsin.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.