Bir xil juftliklar
Masala #425 · murakkablik 22% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Konferensiyaga N nafar mehmon keldi; har birining ko'kragida o'zi ishlaydigan kompaniyaning raqami yozilgan nishon bor. Tashkilotchilar tanishuv kechasi oldidan bir kompaniyada ishlaydigan mehmonlar orasida nechta turli juftlik borligini bilmoqchi — bunday juftliklarni bitta stolga o'tqazmaslik uchun.
Juftlik — ikkita har xil mehmon; ularning kim birinchi aytilgani ahamiyatsiz.
Mehmonlarning nishonlaridagi raqamlar berilgan. Nishonlari bir xil bo'lgan juftliklar sonini aniqlang.
Vaqt chegarasiga e'tibor bering: kirish ma'lumotlari chegaralarining eng katta qiymatlarida ham dastur belgilangan vaqtga sig'ishi kerak.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — mehmonlar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — nishonlardagi raqamlar.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 2·105; har bir raqam 1 dan 109 gacha.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son — juftliklar sonini chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.