Quyonlar Fermasi

Masala #57 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Fermer quyon boqishni boshladi va har oy fermadagi quyon juftlari sonini daftariga yozib boradi. Birinchi oyda ham, ikkinchi oyda ham fermada bittadan juft bo'lgan.

Keyin u qiziq qonuniyatni payqadi: uchinchi oydan boshlab har oydagi juftlar soni oldingi ikki oydagi sonlarning yig'indisiga teng bo'ladi. Daftardagi yozuvlar shunday boshlanadi: 1, 1, 2, 3, 5, 8, …

Oy raqami N berilgan. Shu qonuniyat saqlansa, N-oyda fermada nechta quyon jufti bo'lishini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda bitta butun son N — oy raqami.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 90

Chiquvchi ma'lumotlar

N-oydagi quyon juftlari sonini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.