Do'stlar Uchrashuvi

Masala #149 · murakkablik 7% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

N nafar do'st bitta to'g'ri ko'chada yashaydi; har birining uyi ko'cha boshidan hisoblangan butun koordinata bilan berilgan. Ular dam olish kuni ko'chaning biror nuqtasida uchrashishga kelishdi. Har bir do'st uyidan uchrashuv joyigacha piyoda boradi.

Do'stlar hech kim xafa bo'lmasligi uchun uchrashuv joyini shunday tanlamoqchiki, barchasining bosib o'tgan yo'llari yig'indisi eng kichik bo'lsin. Uchrashuv joyi butun koordinatali istalgan nuqta bo'lishi mumkin.

Uylarning koordinatalari berilgan. Yo'llar yig'indisining eng kichik mumkin bo'lgan qiymatini aniqlang.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda butun son N — do'stlar soni. Ikkinchi qatorda N ta butun son — uylarning koordinatalari.

Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 105; har bir koordinata moduli 109 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son — yo'llar yig'indisining eng kichik qiymatini chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.