Teskari Tartib
Masala #69 · murakkablik 3% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Arxeologlar topgan lavhadagi yozuv o'ngdan chapga yozilgan ekan: tarjimonlar so'zlarni lavhada turgan tartibda ko'chirib olishgan, o'qish uchun esa ularni oxiridan boshiga qarab terib chiqish kerak.
Ko'chirib olingan so'zlar ketma-ketligi berilgan. Uni teskari tartibda — oxirgi so'zdan birinchisiga qarab — chiqaring. So'zlarning o'zi o'zgarmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda butun son N — so'zlar soni. Ikkinchi qatorda probel bilan ajratilgan N ta so'z; har bir so'z harf va raqamlardan iborat, probelsiz.
Chegaralar: 1 ≤ N ≤ 104
Chiquvchi ma'lumotlar
So'zlarni teskari tartibda, bitta qatorda probel bilan ajratib chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.