90° Burish
Masala #108 · murakkablik 9% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Telefon yonboshga burilganda rasm ham ekranda soat mili yo'nalishida 90° ga aylanadi. Rasm piksellar jadvali ko'rinishida saqlanadi; burilgandan keyin N qator va M ustunli jadval M qator va N ustunli bo'lib qoladi.
Rasm jadvali berilgan. Uni soat mili yo'nalishida 90° ga burib chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda N va M. Keyingi N ta qatorda M tadan butun son.
Chegaralar: 1 ≤ N, M ≤ 100
Chiquvchi ma'lumotlar
M ta qator chiqaring, har birida N ta son — burilgan rasm.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.