Chiziqlar to'plami
Masala #2546 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tekislikda n ta to'g'ri chiziq berilgan, i-chiziq tenglamasi y = kix + bi. Keyin m ta so'rov keladi: har so'rovda butun x beriladi va shu nuqtada chiziqlar qiymatlari orasidagi eng kattasini, ya'ni max(kix + bi) ni chiqarish kerak. Chiziqlar o'zgarmaydi, so'rovlar ixtiyoriy tartibda keladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m (1 ≤ n, m ≤ 2·104). Keyin n qatorda ikkitadan son ki bi (|ki|, |bi| ≤ 109), keyin m qatorda bittadan son x (0 ≤ x ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
m qator: har so'rov uchun alohida qatorda bitta son - eng katta qiymat.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.