Teng sovg'alar
Masala #481 · murakkablik 15% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Do'konda n ta kitob bor, ular 1 dan n gacha raqamlangan, i-kitobning narxi ai so'm. Aziz ikki do'stiga bittadan ikki xil kitob olmoqchi. Hech kim xafa bo'lmasligi uchun ikki kitob narxlari farqi D so'mdan oshmasligi kerak: |ai − aj| ≤ D.
Shunday ikki kitobni toping. Bunday juftlik bo'lmasa, -1 chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va D (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ D ≤ 109), ikkinchi qatorda n ta son ai (1 ≤ ai ≤ 109).
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki son i va j (1 ≤ i, j ≤ n, i ≠ j) istalgan tartibda, yoki juftlik bo'lmasa - bitta son -1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.