Sinf surati

Masala #484 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sinfda n ta o'quvchi bor, i-sining bo'yi hi mm. Fotograf suratga k ta o'quvchini tanlaydi. Surat chiroyli chiqishi uchun tanlanganlar ichidagi eng baland va eng past o'quvchi bo'ylari farqi iloji boricha kichik bo'lishi kerak.

Shu farqning eng kichik qiymatini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105), ikkinchi qatorda n ta son hi (1 ≤ hi ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng kichik farq.

Izoh

1-namuna izohi. k = 3 ta o'quvchi kerak. Bo'ylari 10, 11, 12 bo'lganlarni tanlasak, farq 12 − 10 = 2. Bundan kichik farqli uchlik yo'q.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.