Lagerdagi ro'yxat

Masala #473 · murakkablik 12% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Lager rahbari n ta bolaning ismini ro'yxatga yozmoqchi. Qisqa ism uzun ismdan oldin turadi; uzunligi bir xil ismlar alifbo tartibida (lug'atdagi kabi) turadi. Bir xil ism bir necha marta uchrashi mumkin - har biri alohida yoziladi.

Tayyor ro'yxatni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n ta qatorning har birida bitta ism: kichik lotin harflari, uzunligi 1 dan 10 gacha.

Chiquvchi ma'lumotlar

n ta qator - ismlar ro'yxatdagi tartibda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.