Olimpiada jadvali
Masala #477 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Jamoaviy olimpiadada n ta jamoa qatnashdi, ular 1 dan n gacha raqamlangan. i-jamoa si ta masala yechdi va ti daqiqa jarima oldi. Natijalar jadvalida ko'p masala yechgan jamoa yuqorida turadi; yechilgan masalalar soni teng bo'lsa - jarimasi kamroq jamoa; ikkalasi ham teng bo'lsa - raqami kichik jamoa yuqorida.
Jamoalar raqamlarini jadvaldagi tartibda (yuqoridan pastga) chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105). Keyingi n ta qatorda si va ti (0 ≤ si ≤ 15, 0 ≤ ti ≤ 106).
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son - jamoa raqamlari jadvaldagi tartibda.
Izoh
1-namuna izohi. 2- va 4-jamoa 5 tadan masala yechgan, jarimalari ham teng (300) - raqami kichik 2-jamoa yuqorida. Keyin 3 tadan yechganlar: 3-jamoa jarimasi (100) 1-jamoanikidan (120) kam. Jadval: 2, 4, 3, 1.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.